12 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘zbek tilshunos olimlarining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonun loyihasi bo‘yicha yakuniy yig‘ilishi o‘tkazilgan. Mazkur yig‘ilishga ommaviy axborot vositalari taklif etilmagan.
Ushbu yig‘ilish alifbo islohoti bo‘yicha olimlarning yakuniy va hal qiluvchi yig‘ilishi maqomida o‘tgani, ya’ni unda kelishilgan qarorlar endilikda qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish va qonun sifatida ma’qullash uchun kiritilishi ta’kidlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, loyihada eng muammoli bo‘lgan to‘rtta harf bo‘yicha taklif qo‘yilgan. Ya’ni bular «sh» va «ch» hamda «o‘» va «g‘» harflarini «ş», «ç», «õ» va «ḡ» shaklida o‘zgartirish masalasi bo‘lib, bu taklif tilshunos olimlar tomonidan to‘la ma’qullangan.
Shuningdek, tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov yangi alifboga «s» harfini ham kiritish taklifini bergan, birov uning fikrini boshqalar ma’qullamagan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda olimlar «ng» harf birikmasini ham bir harfdan iborat belgi «ñ»ga o‘zgartirish bo‘yicha kelishib olishgan. Bu esa ayrim jamoatchilik faollari orasida e’tiroz uyg‘otdi, ammo taklif ko‘pchilik tomonidan ma’qullangani qayd etilgan. Manbaning xabar berishicha, «h» va «x» harflarini birlashtirib yuborish bo‘yicha bildirilgan taklif ham ko‘pchilik tomonidan rad etilgan.
«Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonun loyihasi tez orada parlament quyi palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?