date

Qoraqalpog‘istonda noqonuniy daraxt kesishga jarima


O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston hududida navbatdagi nazorat reydi o‘tkazildi. Reyd davomida aniqlanishicha, Buzatau tumani aholisi O.A.

tumandagi o‘rmon xo‘jaligi yerlari hududida noqonuniy ravishda 6 ta jida daraxtini kesgan. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq, fuqaro O.A.ga 3 790 400 so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar uchun 10 300 000 so‘m miqdorida tovon puli undirilishi belgilandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda noqonuniy daraxt kesishga jarima