
“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri “Liverpul”ga qarshi o‘yinda jamoasi o‘yiniga oid fikrlarini bildirdi. Birmingem klubi “Enfild” stadionida “qizillar” mag‘lubiyatlar seriyasini davom ettira olmadi va 0:2 hisobida yutqazdi.
"Biz kurashdik, ba'zan ustunlik ham qildik. Bir necha imkoniyatlarimiz bo‘ldi, jumladan, to‘pning ustunga tegishi ham.
"Enfild"da hukmron futbol ko‘rsatish juda qiyin, ammo biz buni oxirgi yarim soatda uddalay oldik. Birinchi bo‘lim oxiridagi gol “Liverpul” uchun juda muhim bo‘ldi.
Afsuski, o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Endi bu mag‘lubiyatni qabul qilib, ijobiy kayfiyatda oldinga intilishimiz kerak", – dedi Emeri BBCga bergan intervyusida.
O‘yinda g‘alabani Mohamed Saloh va Rayan Gravenberxning mos ravishda 45-daqiqada va 58-daqiqada kiritgan gollari ta'minladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar