Foto: Norma
«Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Qarorga ko‘ra, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasini investorga ishonchli boshqaruvga topshirish rejalashtirilmoqda.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirilgan:
- Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining Arnasoy suv ombori hududida baliq ovlashga bir yil muddatga moratoriy e’lon qilish;
- xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida sho‘r suvda baliq zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha laboratoriya markazini tashkil etish;
- «Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi» DUKni qayta tashkil etgan holda uning ustav kapitalidagi davlat ulushini, kamida 30 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish, 1 000 ta ish o‘rnini yaratish va 2025 yilga borib yiliga 20 ming tonna baliq ovlash uchun baliq zaxiralarini yaratish sharti bilan ishonchli boshqaruvga berish.
Avvalroq Chordara suv omboridan chuchuk suv Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga quyilmay qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi. Suv sathining kamayishi va uning tarkibining sho‘rlanishi natijasida qirg‘oqbo‘yidagi ba’zi hududlar 15-50 metrga chekinib, 15-20 santimetrgacha tuz qatlami hosil bo‘lgan, suvning minerallashuv darajasi keskin oshgan. Dekabr oyida senatorlar va Ekologiya davlat qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Orol taqdiri tahdid ostida turgan ekotizim muammolari haqida gapirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning 8 noyabrida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik barqarorlikni saqlash va ekoturizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. Mutasaddilarga Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha dastur qabul qilish vazifasi qo‘yilib, uning doirasida suv sathini barqaror saqlash va sho‘rlanish darajasini kamaytirish choralari ko‘rilishi belgilangan. Hududda ekologik xavfsizlikni kuchaytirish, brakonerlik va boshqa huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha ham topshiriqlar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi