date

O‘zbekistonda xodimlar barqarorlikni afzal ko‘radi

O‘zbekistonda xodimlar barqarorlikni afzal ko‘radi
O‘zbekistonda ishchilarning deyarli 49 foizi aniq jarayonlar va barqarorlikni afzal ko‘rmoqda, biroq 39 foizi moslashuvchan mehnat uslubiga o‘tishga intilmoqda. Bu hh.uz platformasi tomonidan 110 nafar xodim va ish beruvchilar o‘rtasida Agile uslubini joriy etish yuzasidan o‘tkazilgan so‘rov natijalarida aks etdi.

Ko‘p hollarda ishtirokchilar vazifalar jamoa bo‘lib bajarilishini (47%) va qarorlar ortiqcha byurokratiyasiz tezroq qabul qilinishini (35%) qayd etishdi. 29 foiz respondentlar muntazam fikr-mulohaza olishini, 23 foizi esa rahbarlar nazoratdan ko‘ra ko‘proq yo‘naltirishga e’tibor berishini ta’kidladi.

Agile uslubining asosiy qadriyatlari sifatida ishtirokchilar ishonch va ochiqlikni (47%), shuningdek o‘rganish va xatolardan qo‘rqmaslik imkoniyatini (46%) ko‘rsatishdi. 40 foiz respondentlar uchun kompaniyaning aniq vazifasi muhim hisoblanadi.

Moslashuvchan yondashuvning asosiy afzalligi natijaga yo‘naltirilganlik (58%) bo‘lib, so‘rovda qatnashganlar halol muloqot (40%) va tezkor qaror qabul qilish (31%) kabi jihatlarni ham yuqori baholashdi. Shu bilan birga, 43 foiz ishtirokchilar barcha jamoalar bunday o‘zgarishlarga tayyor emasligini ta’kidladi.

36 foizi rollarning noaniqligini, 34 foizi esa uzluksiz o‘zgarishlar sababli rejalashtirishning qiyinligini qayd etdi. Agile uslubining kompaniyalarda joriy etilishiga asosiy to‘siqlar ishonchning yetishmasligi (51%) va qattiq iyerarxiya (35%) ekanligi aniqlandi.

Agile – bu jamoalarga o‘zgarishlarga tez moslashish, mijozlar bilan doimiy aloqada bo‘lish va mahsulotni bosqichma-bosqich yaratishga imkon beruvchi ish yondashuvi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda xodimlar barqarorlikni afzal ko‘radi