
Turkiyada 20 yoshli kiberfiribgar qo‘lga olindi va O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar berdi ichki ishlar idoralari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan maxsus tezkor operatsiya natijasida kiberjinoyatlarda gumon qilingan fuqaro — 2005 yilda tug‘ilgan Zohirjonov Umid Dilshod o‘g‘li aniqlanib, O‘zbekistonga deporta qilingan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u internet orqali turli firibgarlik sxemalari orqali kamida 10 nafar fuqaroning pullarini noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan. Uning harakatlari natijasida jabrlanganlar katta moliyaviy zarar ko‘rgani aytilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga murojaat qilib, ushbu shaxsning noqonuniy faoliyatidan jabr ko‘rganlardan vazirlikning hududiy bo‘linmalari yoki O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishni so‘radi.
Rasmiylar ta’kidlashicha, jinoyat sodir etgan va xorijda yashirinayotgan shaxslarga nisbatan jinoiy ta’qib qat’iy va tizimli tarzda davom ettiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!