Xorazmda profilaktika inspektori 1 ming dollar pora bilan ushlandi

1 daqiqa o'qish227
Xorazmda profilaktika inspektori 1 ming dollar pora bilan ushlandi

Xorazm viloyatida profilaktika inspektori pora olayotgan paytda qo‘lga olindi, deb xabar berdi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir fuqaro sherigi bilan ochgan xususiy korxonadagi hujjatlar soxtalashtirilgani va daromadlar noqonuniy ravishda o‘zlashtirilayotgani bo‘yicha murojaat qilgan.

Shu jarayonda mazkur hudud uchun mas’ul profilaktika inspektori fuqaroga “masalani ijobiy hal etish”ni va’da qilib, ekspertiza xulosasini uning foydasiga chiqarish evaziga 1 000 AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida inspektor Xiva shahrida pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, xodimga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov Xorazm viloyati prokuraturasi nazoratida olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?