Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasiga chaqirildi

Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasiga chaqirildi

Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasiga chaqirildi
Juma kuni Ispaniya terma jamoasining noyabr yigʻini uchun tarkibi eʼlon qilindi. Bosh murabbiy Luis de la Fuente quyidagi futbolchilarni roʻyxatga kiritdi: Simon, Raya, Remiro – Laport, Vivian, Grimaldo, Llorente, Kukurelya, Kubarsi, Hoysen, Porro – Ruiz, Subimendi, Merino, Alesh Garsiya, Barrios, Baena, Fornals – Oyarsabal, Pino, Olmo, Fermin Lopes, Yamal, Torres, Agexova, Iglesiyas.

Roʻyxatda "Barselona" klubi vingeri Lamin Yamal ham bor. U avvalgi terma jamoa yigʻinini chov sohasidagi muammo sabab oʻtkazib yuborgan edi.

Ispaniya terma jamoasining oldida 2026-yil Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Gruziya (15-noyabr) va Turkiya (18-noyabr) bilan oʻyinlar bor.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar