Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 5 mart kuni daraxt ekish tadbiri o‘tkazildi. Respublikadagi diniy konfessiyalar va milliy-madaniy markazlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda 30 ta daraxt ko‘chati o‘tqazildi, — deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshev mazkur jamoa ekkan ko‘chatlar hududi «Bag‘rikenglik bog‘i» deb ataladi.
«Bog‘ga Turkiyadan olib kelingan 30 ta lola daraxti ekildi. Bunday navdagi ko‘chat ekilishining sababi avvalo yerga o‘tqazilayotgan daraxt «Yangi O‘zbekiston» bog‘i hududiga mos kelishi kerak. O‘ylaymanki, bu daraxtlar yaxshi ko‘karadi. Ko‘chatlarni 14 ta milliy-madaniy markaz va 16 ta konfessiya bittadan olib keldi va jami 30 ta ko‘chat (bir xil turdagi) ekildi», — dedi qo‘mita mas’uli.
Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
Tadbir doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov jurnalistlarga bergan intervyusida islom dinida daraxt ekish savobli amallardan hisoblanishini aytdi.
Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
«Fayzli ramazon oyida «Bag‘rikenglik bog‘i» barpo qilinyapti. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, prezident devoni, O‘zbekistondagi barcha diniy konfessiyalar ishtirokida daraxt ekish tadbirini o‘tkazdik. Ko‘chat ekish yurtimizda eng xayrli ishlardan biri. Barcha din vakillari kelib daraxt ekyapmizki, inshaalloh, kelajak avlod bu bog‘ni bag‘rikenglik nishonasi ekaniga guvoh bo‘ladi. Islom dini nuqtai nazaridan olib qaraganda ham eng savobli ishlardan biri daraxt ekmoqlikdir.
Foto: Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bizga tavsiya berib: «Agar kim daraxt ekayotgan bo‘lsa-yu, mabodo qiyomat boshlanib qolgan taqdirda ham o‘sha daraxtni oxirigacha ekib qo‘ysin», deganlar. Nima uchun? Aslida qiyomat boshlansa, daraxt kerak bo‘lmas edi. Ammo buning savobi va ahamiyati ulug‘ligidan payg‘ambarimiz shu gapni aytganlar. Kelajak avlod oldidagi eng katta burchlarimizdan bittasi sof va go‘zal tabiatni ularga meros qilib qoldirishdir», — dedi Nuriddin Xoliqnazarov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?