12:30 / 19.06.2023
389

Kadr orti sirlari: suratga olish maydonchasidagina ko‘rish mumkin bo‘lgan noodatiy holatlar

Kadr orti sirlari: suratga olish maydonchasidagina ko‘rish mumkin bo‘lgan noodatiy holatlar

Ajoyib film Jumanji o‘ynashga o‘xshaydi: u tom ma‘noda tomoshabinni o‘z dunyosiga tortib oladi. Biroq suratga olish jarayonining o‘zi filmdan ham qiziqroq bo‘lishi mumkin. Buni isbotlash uchun kino sanoatining eng qiziqarli sirlari haqida gaplashamiz.

Suratga olish maydonchasidan yomon hid anqiydi

Foto: AdMe

Matolarning xiralashishi va deformatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik uchun odatda suratga olish paytida qahramonlarning kiyimlari yuvilmaydi. Aktyor bitta ko‘ylakni qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt kiyishi mumkin. Tushlik tanaffusida esa atkyorlarga kiyimlarini ifloslantirmasliklari uchun ustiga kiyishga biror narsa beriladi.

Foto: AdMe

Vintaj kostyumlar ayniqsa nozik munosabatni talab qiladi.“Daunton abbatligi” filmi aktrisasining tan olishicha, suratga olish paytida hamma dahshatli hidlanib ketgan, chunki haqiqiyligini saqlab qolish uchun kiyimlar yuvilmagan. Har bir aktyorga terni so‘rib oladigan maxsus qoplamalar berilgan. Yaxshiyamki, ular vaqti-vaqti bilan yuvilgan.

Aktyorlar har qanday ob-havoda ishlaydi

Foto: AdMe

“Titanik” rejissori Jeyms Kemeron Jek Rouzni qutqarib qolgan sahnani suratga olarkan, Keyt Uinslet badanni sovuqdan titrab, terisidagi tuklar tik turganini payqaydi. Yoritish chiroqlari shunday o‘rnatilgandiki, u yaqindan ko‘rinadigan darajada ko‘zga tashlanardi. Shunda Kameronning iltimosiga ko‘ra, aktrisaning kadrga tushib qolgan qo‘lini tuklardan tozalash maqsadida suratga olish jarayoni to‘xtatiladi.

Barcha tovushlar suratga olingandan keyin yozib olinadi

Foto: AdMe

Deyarli barcha tovushlar allaqachon studiyada yozib olingan bo‘ladi, ba'zida bu qiyinchiliklarga olib keladi. Masalan, “Malikaning kundaligi” filmining yakuniy sahnasini suratga olish jarayonida suratga olish maydonchasida Madonnaning “Like A Prayer” qo‘shig‘i yangraydi. Qo‘shiq aktyorlarga dam olishga va raqsga tushishga yordam berishi kerak edi.

Ammo film oxirida boshqa qo‘shiq tanlanadi (Miracles Happen), lekin aktyorlar dastlab Madonna bilan birga kuylashgani uchun ushbu kadrni yaxshilab tahrirlashga to‘g‘ri keladi.

Ovqatlar kamdan-kam hollarda haqiqiy bo‘ladi

Foto: AdMe

Qahramonlar ovqat bilan to‘lib-toshgan kechki ovqat stolida o‘tirgan har qanday sahnani oling. Agar diqqat bilan qarasangiz, aktyorlar ovqatni yemaslikka harakat qilishadi. Chunki mahsulotlarning aksariyati shunchaki mulyaj.

Axir suratga olish qancha davom etishi ma'lum emas va bir necha soat ichida har qanday oziq-ovqat soviydi yoki yeyilmaydigan bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, juda ko‘p chiqindilar bo‘ladi. Aksariyat rejissorlar soxta ovqatni afzal ko‘rishadi.

Orqa fondagi odamlar gapirmaydi

Foto: AdMe

Film va teleko‘rsatuvlarda fondagi odamlar ko‘pincha “no‘xat, makkajo‘xori va sabzi” yoki “pushti va binafsharang fil” kabi ma'nosiz so‘zlardan foydalanadi. Agar ulardan gapirish talab qilinsa, ular pichirlab gapirishlari kerak. Ko‘pincha, rejissorlar fondagilar gaplashayotganlarini ko‘rsatish uchun jestlardan faol foydalanishni xohlashadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kadr orti sirlari: suratga olish maydonchasidagina ko‘rish mumkin bo‘lgan noodatiy holatlar