
Mashhur reper Timati ta’til paytida yangi tug‘ilgan qizalog‘i bilan tushgan yangi suratlarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi. Kadrlarda u dengiz bo‘yida qizini quchoqlab, tinch va baxtli holda vaqt o‘tkazayotgani aks etgan.
Shu bilan birga, uning sevgilisi Valentina Ivanova ham taqiqlangan ijtimoiy tarmoqda Timati va qizchasi bilan birga tushgan bir nechta kadrlarni joylashtirdi. Suratlarda juftlik uylar fonida va oyna qarshisidagi onlarni abadiylashtirgan.
Bu lavhalar san’atkor muxlislari uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi — chunki so‘nggi haftalarda Timati va Valentina o‘rtasida kelishmovchilik borligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ko‘pchilik Valentina yolg‘iz dam olayotganiga e’tibor qaratgandi. Yangi suratlar esa juftlikning bu gap-so‘zlarga chek qo‘yish niyatida ekanini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida Timati va Valentina qizi tug‘ilganini ma’lum qilishgan. Bu reperning uchinchi farzandi bo‘lib, undan avval Alyona Shishkovadan Alisa ismli qizi va Anastasiya Reshetovadan Ratmir ismli o‘g‘li bor.
