date

Sud bloger Ayaz Shabutdinovni 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi

Sud bloger Ayaz Shabutdinovni 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi

Moskvada sud biznes-trener Ayaz Shabutdinov ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Keyingi yetti yilni bloger umumiy tartibli koloniyada o‘tkazadi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Shuningdek, u besh million rubl miqdorida jarimaga tortildi va 113 ta firibgarlik epizodida aybdor deb topildi. Uning ishi bo‘yicha yetkazilgan zarar 57 million rubldan oshdi.

Millioner bloger va biznes-trener Ayaz Shabutdinov 2023 yil 3 noyabr kuni Moskvada qo‘lga olinib, tergov izolatoriga jo‘natildi. Tergov versiyasiga ko‘ra, Shabutdinov va uning sheriklari (jumladan, "Like Center" kompaniyasi orqali) xaridorlarda "muvaffaqiyatli biznes yaratish va ortiqcha daromad olish bo‘yicha yolg‘on umidlar" tug‘dirgan kurslarni sotishgan.

Ish jarayonida Shabutdinov avval boshda aybini tan olmagan bo‘lsa-da, keyinchalik qilgan xatosini e’tirof etdi. U o‘z so‘zlarida “ishonchni qayta tiklash uchun chin dildan mehnat qilishga tayyorman”, — deb bildirdi. Shuningdek, u o‘z ta’lim dasturlariga nisbatan ortiqcha umidlar paydo bo‘lgani uchun barchadan uzr so‘radi. Aytishicha, tergov izolatorida bo‘lgan paytda u o‘z xatolari haqida chuqur o‘ylash imkoniga ega bo‘lgan.

2024 yil fevral oyida Shabutdinovga nisbatan firibgarlik bo‘yicha yana yettita jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sud bloger Ayaz Shabutdinovni 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi