date

Kendrik Lamar Grammy-2026 yetakchi nomzodi


2025-yil 8-noyabr kuni e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, Kendrik Lamar Grammy-2026 mukofotining bosh nomzodi deb topildi. U jami to'qqizta nominatsiyada qatnashmoqda.

Undan keyingi o'rinlarda yetti nominatsiya bilan Lady Gaga, prodyuserlar Jek Antonoff va Cirkut joylashgan. Boshqa asosiy nomzodlar orasida Bad Bunny, Sabrina Karpenter, Leon Tomas va ovoz rejissyori Serban Ginea bor.

Ularning har biri oltitadan nominatsiyaga ega. Lamar uchta asosiy mukofot — "Yil yozuvi", "Yil qo'shig'i" va "Yil albomi" uchun kurashadi.

U ushbu nominatsiyalarda SZA bilan ijro etilgan "Luther" qo'shig'i va GNX albomi bilan ishtirok etmoqda. Lady Gaga esa "Abracadabra" xiti va MAYHEM albomi bilan xuddi shu toifalarda raqobatlashadi.

68-GRAMMY mukofotlari taqdirlash marosimi 2026-yil 1-fevral kuni Los-Anjelesdagi Crypto.com Arena arenasida bo'lib o'tadi. Tadbir CBS va Paramount+ kanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kendrik Lamar Grammy-2026 yetakchi nomzodi