date

Sitora Alimjonovani mashhur qilgan film qaysi? Aktrisaning javobi

Sitora Alimjonovani mashhur qilgan film qaysi? Aktrisaning javobi

Aktrisa Sitora Alimjonovaga suhbat davomida: “Sitora Alimjonovani tomoshabinlarga tanitgan, mashhur qilgan film qaysi?” degan savol berildi. San’atkor ushbu savolga javob berar ekan, biroz mulohaza qilib, “Menimcha, bu ‘Ayriliq’ nomli kino bo‘lsa kerak,” deya javob berdi.

Aktrisaning ta’kidlashicha, aynan ushbu film tomoshabinlar xotirasida chuqur iz qoldirgan. “Men o‘ylaymanki, bu film hammaning yodida qolgan. Har doim ‘Ayriliq’ filmi bilan Sitora Alimjonova yonma-yon tilga olinadi,” — deya qo‘shimcha qildi u.

San’atkor ushbu kartina uning ijodiy faoliyatida muhim burilish bo‘lganini va tomoshabinlar uni aynan shu rol orqali yaxshiroq tanib olganini ham eslatib o‘tdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Sitora Alimjonovani mashhur qilgan film qaysi? Aktrisaning javobi