
Xonanda Izzatilla Shukurov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida so‘nggi uch yil davomida Yangi yil bayramini oila davrasida kutib olmaganini ma’lum qildi. San’atkor bunga sabab sifatida el xizmatlari, ya’ni bayram kunlaridagi sahna va tadbirlardagi ishtiroklarini keltirdi.
Biroq xonandaning ta’kidlashicha, bu yilgi Yangi yil bayramini u yaqinlari, oila a’zolari bilan birga kutib olishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda, bo‘ladigan xizmat va tadbirlarni kunduzgi vaqtga ko‘chirishni ham reja qilganini qo‘shimcha qildi.
Suhbat yakunida Izzatilla Shukurov hayotdagi eng muhim ne’mat sog‘liq-salomatlik ekanini alohida ta’kidladi hamda barcha yurtdoshlariga mustahkam sog‘liq, tinchlik, xotirjamlik va baraka tilab, samimiy tilaklar bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.