date

Yulduz Usmonovaning uyiga kelganlar undan nimani ko‘proq so‘rashadi?

Yulduz Usmonovaning uyiga kelganlar undan nimani ko‘proq so‘rashadi?

O‘zbek estradasining xonandasi Yulduz Usmonova yaqinda muxlislarni hayratga solgan samimiy javobi bilan yana kun tartibiga chiqdi. Undan:
“Eshigingizni taqillatib yosh iste’dodlar shogird bo‘lishni so‘rab kelishadimi?” — degan savol berildi.

Biroq xonandaning javobi kutilganidan butunlay boshqacha bo‘ldi.

“Yo‘q, hozir iste’dod so‘rab keladiganlar deyarli yo‘q. Aksincha, kreditimni yopib bering deb keladiganlar bor. Hozir ko‘pchilik faqat pul so‘rab keladi”, — dedi Yulduz Usmonova.

Xonandaning ohangidan bu holat unga yoqmayotgani, hatto biroz jahli chiqayotgani ham sezildi. U san’atga chin dildan qiziqadigan, o‘rganishni istaydigan yoshlar kamayayotganidan afsusda ekanligini bildirdi.

Yulduz Usmonova ko‘p yillar davomida o‘z mehnati, ovozi va matonati bilan san’at cho‘qqisiga chiqqan ijodkor sifatida bugungi yoshlar orasida sabr, mehnat va iste’doddan ko‘ra oson yo‘l izlash ko‘payib borayotganini ochiq aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonovaning uyiga kelganlar undan nimani ko‘proq so‘rashadi?