Sevinch Mo‘minovadan ajrashgan otalarga yurakni titratgan murojaat! (video)

Sevinch Mo‘minovadan ajrashgan otalarga yurakni titratgan murojaat! (video)
Qisqacha

Xonanda Sevinch Mo'minova ajrashgan otalarni farzandlariga, ayniqsa qizlariga mehr va e'tibor berishga chaqirdi. U bu murojaatini o'z hayotiy tajribasiga tayanib aytganini ta'kidlab, farzanddan beparvo bo'lgan otalar keyinchalik qattiq pushaymon bo'lishini bildirdi. Xonandaning aytishicha, farzandiga mehr va moddiy ko'makni ayamagan erkakka Olloh baraka beradi, qariganda esa u xor bo'lmaydi.

Xonanda Sevinch Mo‘minova navbatdagi intervyusida ajrashgan, ammo farzandlariga beparvo bo‘lib qolayotgan erkaklarga qalbdan chiqqan murojaat bilan chiqdi. U bu so‘zlarni shunchaki maslahat sifatida emas, balki hayotiy tajribasiga tayanib aytganini ta’kidladi.

— “Ajrashib begona bo‘lib ketsangiz ham, u sizdan tug‘ilgan, pushtingizdan bo‘lgan farzand. Ayniqsa qiz farzandning mehringizni ayamang. Albatta o‘g‘il farzand ham. Keyin foydasi bo‘lmaydi. Pushaymon bo‘lasiz. Buni o‘zimning hayotimdan kelib chiqib aytyapman — ko‘rib, bilib yuribman,” — deydi xonanda.

Sevinch Mo‘minovaning ta’kidlashicha, ayrim otalar vaqt o‘tib o‘z qilmishi uchun qattiq afsuslanadi. Ammo o‘sha paytda kech bo‘ladi.

— “Ko‘z yosh ham qilasiz, ichingizni tirnaysiz, vijdon azobida qiynalasiz. Lekin ortga qaytib bo‘lmaydi,” — deydi u dard bilan.

Xonanda farzanddan kechmaslikning nafaqat ma’naviy, balki ruhiy va ilohiy barakasi borligini ham alohida ta’kidladi:

— “Farzandingizga nima qilsangiz ham, Olloh baraka beradi. Pulini ham, mehrini ham ayamagan erkakka Olloh ortig‘i bilan beradi. Rizqingiz yog‘iladi. Bunday erkak qariganda xor bo‘lmaydi,” — deydi u.

Sevinch Mo‘minova so‘zlarini yanada ta’sirli misol bilan yakunladi:

— “Kichkinaligidan mehr ko‘rgan qiz ulg‘aygach: "Onam ajrashgan bo‘lsa ham, otam meni tashlab ketmagan", deb dadasiga jonini beradi. "Dadajon" deb xizmatini qiladi, — deya ko‘zlaridagi hissiyotni yashira olmadi xonanda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar