
Aktrisa Marjona Mirzaaliyeva o‘zining Instagram sahifasida yangi foto post joyladi. Unda san’atkor o‘g‘li Muhammadhabib bilan birga Yangi yil bayrami kayfiyatida, bayramni eslatuvchi rang-barang bezaklar va archa fonida rasmga tushgan. Surat bayramona iliq muhit va oilaviy mehrni aks ettiradi.
Rasmda kichkintoy Muhammadhabib qorbobo kiyimida tasvirlangan bo‘lsa, aktrisaning o‘zi qizil rangdagi libosda, bayramga xos quvonch va samimiyat bilan ko‘rinadi. Post ostida Marjona Mirzaaliyeva muxlislariga murojaat qilib, quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:
“Yangi yilda uyimizga qorbobo kerakmi? Meni kichkintoyim borsinmi kichkina qorbobo bo‘lib. Sanoqli kunlar qoldi. Kimda xuddi avvalgidek beg‘ubor qalbga to‘la o‘sha bolalikdagi hayajon, xursandchilik va intizorlik bilan Yangi yil kutilmoqda?”
Mazkur post ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, ko‘plab ijobiy izohlar va tabriklarga sabab bo‘ldi.

Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.