
IMDb kinoplatformasi 2025 yilning eng mashhur filmlari va aktyorlarini e’lon qildi.
Har oyda ushbu saytga dunyo bo‘ylab 250 milliondan ortiq foydalanuvchi tashrif buyuradi. Reytingning birinchi uchligiga "Supermen" bilan bir qatorda dahshat janridagi "Qurollar" va "Gunohkorlar" filmlari ham kirgan.
Eng mashhur serial esa "Oq lotus"ning uchinchi mavsumi bo‘ldi. U "Bizdan biri" va "Ajralish" kabi kartinalarni orqada qoldirdi.
2025 yilda IMDb foydalanuvchilari tomonidan Izabela Mersed eng mashhur aktrisa deb topildi. U "Supermen" filmida Qirg‘iy ayol obrazini yaratgan va "Bizdan biri" serialining ikkinchi mavsumida ishtirok etgan.
Mashhur yulduzlar o‘ntaligiga yana bir aktrisa Sidni Chandler ham kirdi. U "Begona: Yer" serialidagi roli bilan tanilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.