date

Igor Diveev Podolski, Shvaynshtayger va Ozil bilan suratini ko'rsatdi

Igor Diveev Podolski, Shvaynshtayger va Ozil bilan suratini ko'rsatdi

«Zenit» va Rossiya terma jamoasi himoyachisi Igor Diveev arxivdan qiziqarli suratni ulashdi. Unda u 10 yosh paytida Germaniya terma jamoasi futbolchilari yonida tushgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kadrda Lukas Podolski, Bastian Shvaynshtayger hamda Mesut Ozil aniq ko'rinadi.

Ushbu foto 2010 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi Rossiya — Germaniya uchrashuvi oldidan olingan. O'sha paytda yosh Diveev futbolchilar bilan birga maydonga chiqib borgan.

«Terma jamoamiz bilan birinchi marta maydonga chiqishim! To'g'ri, Podolski, Shvaynshtayger va Ozil bilan birga», — deb yozdi Diveev.

Eslatib o'tamiz, 2009 yil oktyabrida «Lujniki»da bo'lib o'tgan o'yinda Rossiya Germaniyaga 0:1 hisobida yutqazgan, yagona gol muallifi Miroslav Kloze bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Igor Diveev Podolski, Shvaynshtayger va Ozil bilan suratini ko'rsatdi