Sevilya Atletikni kambek evaziga mag'lub etdi

La Liganing 21-turida “Sevilya” o'z maydonida “Atletik”ka qarshi teng kurashda kechgan bahsda xarakter ko'rsatib, irodali g'alabaga erishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv boshida Akor Adams xavfli vaziyat yaratdi, biroq darvozabon uning zarbasini qaytardi. Inyigo Ruis jarima maydonchasi tashqarisidan biroz noaniq tepdi. Birinchi taym o'rtalarida Nemanya Gudeljning goli fol sabab bekor qilindi. 40-daqiqada Urko Isetaning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Roberto Navarro darvozaga joylab qo'ydi — 0:1. Oradan ko'p o'tmay, Xuanlu Sanches uzatmasidan keyin Jerar Fernandes hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Ikkinchi bo'lim boshida Yuri Berchiche qo'li bilan o'ynab, qarshi hujumni to'xtatdi va hakam penalti belgiladi. 11 metrlik zarbani Adams aniq ijro etib, darvozabon boshqa burchakka sakraganidan foydalanib “Sevilya”ni oldinga olib chiqdi — 2:1. Shuningdek, Kike Salasning yiqilib turib qaychi uslubida yo'llagan zarbasi ham tomoshabinlar yodida qoldi, ammo darvozabon bu urinishni ham qaytardi.
G'alabadan keyin har ikki jamoa hisobida 24 ochko bor — “Sevilya” va “Atletik” turnir jadvalida 9-o'rinni bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!