Gavr va Monako uchrashuvida gollar urilmadi

Fransiya Liga 1ning 19-turida “Gavr” va “Monako” kutilmaganda sust o‘yin namoyish etdi. 90 daqiqa davomida jamoalar umumiy hisobda darvozaga atigi bir marta aniq zarba bera oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv boshida Magnes Akliush himoyachi boshidan qaytgan to‘pni ilib olib, 17 metrdan zarba berdi, ammo to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi.
Keyinroq Denis Zakariya jarima maydonchasining chap tomonidan o‘tkir burchakdan past zarba yo‘lladi, biroq nishonga tekmadi. Burchak zarbasidan keyingi hujumda Folarin Balogun jarima maydonchasi chetidan tepdi — darvozabon to‘pni qaytarib qoldi. Yana bir epizodda Sufyan Bufal o‘ng qanotdan burchak to‘pini uzatdi, Noam Obugu bosh bilan uzoq ustunga oshirdi, sherigi esa bir oz kechikdi.
Natijada 0:0 qayd etildi. “Monako” ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatdan iborat seriyasini to‘xtatdi va 10-o‘rinda bormoqda, “Gavr” esa 13-pog‘onada. Aleksandr Golovin butun uchrashuv davomida maydonda harakat qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!