Jo Koul Enso Fernandesning Chelsidan ketish ehtimolini baholadi

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Jo Koul jamoa yarim himoyachisi Enso Fernandes atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Koulning aytishicha, Enso hozir «Chelsi» uchun tayanch figura va kiyinish xonasida yetakchilardan biri sanaladi. U futbolchi katta sovrinlar yutishni istaydigan yoshga yetganini ta’kidladi. Jo Koul fikricha, agar «Real» Fernandes uslubidagi yarim himoyachini izlayotgan bo‘lsa, argentinalik futbolchi klubning qisqa ro‘yxatidan joy olishi mumkin. Shunga qaramay, londonliklar uni jamoada olib qolishi juda muhim.
«Agar bu 10–15 yil avvalgi «Chelsi» bo‘lganida, zarurat bo‘lmasa eng yaxshi futbolchilarni sotmagan bo‘lardik. Hozir esa vaziyat qanday kechishini aniq ayta olmayman», — dedi Jo Koul.
Joriy mavsumda Enso Fernandes «Chelsi» safida barcha musobaqalarda 32 o‘yinda maydonga tushib, 8 gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!