Ulug‘bek Yulchiyev yangi "Axahey" klipi bilan muxlislarni lol qoldirdi (video)

Xonanda Ulug‘bek Yulchiyevning yangi qo‘shiq klipi kecha, 23 yanvar kuni, soat 18:00 da uning rasmiy YouTube kanalida premyera qilindi. Yangi tarona “Axahey” deb nomlanib, qisqa fursat ichida 57 mingdan ortiq tomosha to‘pladi va 200 dan ortiq iliq izohlar yozildi. Muxlislar ushbu qo‘shiqni chin dildan qadrlashlari va qalblaridan joy olganini izohlardan ham bilish mumkin.
Klipda aktrisa Huvaydo Jumayeva hamda aktyorlar Abbos Kamoliddinov va Umid Shodmanov ishtirok etishdi. Ularning professional ijrosi va sahnadagi tabiiy o‘yinlari qo‘shiqning kayfiyatini yanada kuchaytirib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing