date

Flik Chexiyadagi o‘tkazib yuborilgan gollarga izoh berdi

Flik Chexiyadagi o‘tkazib yuborilgan gollarga izoh berdi

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik matbuot anjumanida jamoa standart vaziyatlar ustida qay darajada ishlagani haqidagi savolga javob berdi. Hafta o‘rtasida kataloniyaliklar Chexiyada “Slaviya”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi, mezbonlarning ikkala goli ham burchak to‘pidan keyin urildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Flikning aytishicha, Pragada o‘tgan uchrashuv o‘ziga xos bo‘lgan: havo sovuq bo‘lgani uchun jamoaga moslashish uchun biroz vaqt kerak bo‘lgan. Ikkinchi gol epizodida esa Levandovskiga reaksiyaga ulgurish qiyin kechganini ta’kidladi.

Mutaxassis baribir jamoasiga ishonishini qayd etdi: avvalgi o‘yinlarda “Barselona” himoyada ishonchli harakat qilgan. Shuningdek, klub tarixan bo‘yi baland futbolchilar ko‘p bo‘lmagani uchun bunday vaziyatlarda to‘g‘ri boshqaruv va joylashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini qo‘shimcha qildi.

Yakshanba kuni “Barselona” o‘z maydonida “Real Ovyedo”ga qarshi bahs o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Chexiyadagi o‘tkazib yuborilgan gollarga izoh berdi