Ozodbek Nazarbekov: “Har bir erkak muvaffaqiyatida ayolning hissasi bor”

Madaniyat va san’at vaziri Ozodbek Nazarbekov so‘nggi intervyularidan birida ham ijtimoiy hayotda kuchli va mas’uliyatli ayollarning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, kundalik hayotda va kasbiy sohalarda katta natijalarga erishgan erkaklarning orqasida ko‘pincha mas’uliyatli va donolik bilan harakat qiladigan ayollar turgan. Nazarbekov shunday dedi:
“Bugun ko‘chada biror erkak katta natija qilayotgan bo‘lsa, uning orqasida ayol turganini biling. Uydagi muammoni o‘z yuki qilib olgan, masala va qiyinchiliklarni to‘g‘ri hal qilishga harakat qilayotgan ayollarimiz bor. Ular erkakning vazifasi muhimligini tushunib, hech qanday chalg‘itmaslikka harakat qiladi. “Nimadir muammo bo‘lsa, menga ayt, otangga aytma” deb turishadi. Shu ayollarimiz tufayli biz kundalik hayotda va kasbiy faoliyatda shunday natijalarga erishmoqdamiz.”
Nazarbekovning fikricha, ayniqsa oilada va ijtimoiy muhitda ayolning mas’uliyatliligi va aql-zakovati oilani va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!