David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga ishga qaytdi

Turinning «Yuventus»i va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq «River Pleyt» safida to'p surgan va klub bilan birga mamlakat ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo'lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endi esa Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga yaqinlashmoqda: u «River Pleyt» rahbariyat tarkibiga qo'shilishi uchun Buenos-Ayresdagi klubga qaytdi.
Fransuz mutaxassisning aniq lavozimi rasman ochiqlanmadi, biroq klub uni to'liq rahbariyat ishtirokidagi taqdimot marosimi orqali tanishtirdi. Tadbirda Trezege strategik masalalar bilan shug'ullanishi va «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillashi ma'lum qilindi.
Eslatib o'tamiz, David Trezege futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!