Zebo Raximova ko‘rshapalak bilan qiziqarli uchrashuvni namoyish etdi (video)

Aktrisa va bloger Zebo Raximova Instagram sahifasida qiziqarli va kulgili video post joyladi. Videoda u “Hidden Mini Zoo Bali”da ko‘rshapalak bilan uchrashgani, uni qo‘liga olgani, ko‘rshapalak esa aktrisani qo‘llari bilan mahkam ushlab, sochlarini biroz tortgani ko‘rinadi. Hatto ko‘rshapalak bir payt Zeboni uchirib qayergadir olib ketmoqchi bo‘ldi, ammo bunga muvaffaq bo‘lmadi.
Post ostida Zebo shunday yozdi:
“Ko‘rshapalak, hayotda, viyyyy! Videoni ko‘rib qanaqa qilib ushladim deb o‘tiribman. Yalabtashishini qaranglar, yana buni!”
Uning bu kulgili va hayajonli uchrashuvi Instagram foydalanuvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi va ko‘plab izohlar qoldirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing