Jahongir Otajonov ko‘p uylanishiga izoh berdi: “Qars ikki qo‘ldan chiqadi!”

Jahongir Otajonov oilani asrash va nikohga mas’uliyat bilan qarash haqida fikr bildirdi. Xonandadan yoshlarga motivatsiya berib, “bitta nikohdan o‘tsin” degan mavzuda maslahat so‘ralganda, u avvalo erkak kishining zimmasidagi javobgarlikni eslatdi. Uning ta’kidlashicha, oila qurishda his-tuyg‘udan ham ko‘ra mas’uliyat va oqibatni o‘ylash muhim.
Xonanda bu borada diniy va ma’naviy mas’uliyatga ham urg‘u berdi. “Aqlli bo‘linglar, erkak kishi ayol kishi uchun javobgarligini his qilsin. Biz musulmonmiz, Yaratganning oldida ertaga javobgarligimiz bor”, deya u yoshlarni shoshma-shosharlikdan qaytardi. Shuningdek, u o‘z hayotidan misol keltirib, “Menga o‘xshab shuncha uylangan, qizimga qanaqa qilib javob beraman, deb yurmasinlar”, mazmunida ogohlantirdi.
“Ayb nimada, nega ko‘p uylangansiz?” degan savolga esa Jahongir Otajonov munosabat bildirar ekan, muammoga bir tomonlama baho berib bo‘lmasligini aytdi. “Qars har doim ikki qo‘ldan chiqadi, lekin baribir javobgar bo‘ladi. Javobgar bo‘lganimizdan keyin ayb bizda ham bo‘ladi”, deya u mas’uliyatdan qochmasligini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!