Dilnoza Kubayevani ko‘z yoshiga sabab bo‘lgan kutilmagan syurpriz (video)

Mahoratli va go‘zal aktrisa Dilnoza Kubayeva “Navo” telekanalining mashhur “Mening oshxonam” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi. Dastur davomida tomoshabinlar uchun unutilmas va juda ta’sirli lahza yuz berdi.
“Farzandim” filmida Dilnoza Kubayevaning o‘g‘li rolini ijro etgan kichkina qahramon — Kamronbek Saidmurotov kutilmaganda studiyaga kirib kelib, kinodagi onasini guldasta bilan tabrikladi. Bu holat aktrisa uchun haqiqiy syurpriz bo‘ldi.
Kutilmagan uchrashuvdan hayajonga tushgan Dilnoza Kubayeva quvonchini yashira olmadi va ko‘zlariga yosh oldi. U ushbu lahzani “kutilmagan va juda samimiy syurpriz” deya ta’kidladi.
Mazkur samimiy va iliq uchrashuv tomoshabinlar qalbidan joy oldi hamda dasturga yanada o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing