date

Qozogʻistonlik yosh aktrisa Janel qizil gilamda kutilmaganda yiqilib tushdi, ammo...

Qozogʻistonlik yosh aktrisa Janel qizil gilamda kutilmaganda yiqilib tushdi, ammo...

Qozog‘istonlik yosh aktrisa Janel “Mүshel jas” filmining tantanali premyerasida kutilmagan holatga duch keldi. Qizil gilamchadan o‘tish vaqtida u bexosdan yiqilib tushdi. Odatda bunday vaziyat odamni noqulay ahvolga solishi mumkin, ammo bu safar hammasi juda samimiy va chiroyli tus oldi.

Atrofdagilar kulish yoki noqulay munosabat bildirish o‘rniga, Janelni qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlashdi. Unga ruh berib, qizil gilamchadan chiqishini yana bir bor takrorlashni so‘rashdi.

Yosh aktrisa esa o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. U mashinaga qayta o‘tirdi va ikkinchi bor qizil gilamchadan yanada ishonchli, chiroyli va haqiqiy yulduzlardek porlab o‘tdi.

Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda iliq muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik Janelning vaziyatdan chiroyli chiqib ketganini, tomoshabinlarning esa madaniyatli va samimiy munosabatini yuqori baholamoqda.

Ba’zan kichik noqulaylik ham insonni yanada yorqinroq ko‘rsatishi mumkin. Janel esa shu kuni buni amalda isbotladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Qozogʻistonlik yosh aktrisa Janel qizil gilamda kutilmaganda yiqilib tushdi, ammo...