Botir Qodirov va Shahlo Salayevadan "Xorazmlik qizlari" nomli yangi duet!

Xonanda Botir Qodirov va Shahlo Salayevaning kutilmagan ijodiy hamkorligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. San’atkorlar birgalikda ijro etgan “Xorazmlik qizlari” nomli yangi duet qisqa vaqt ichida tinglovchilar e’tiborini qozonishga ulgurdi.
Qo‘shiqning ohangi va ijrosi muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolar va qisqa lavhalar yangi taronaning ommalashishiga xizmat qilmoqda.
Botir Qodirov so‘nggi paytlarda sermahsul ijodi bilan muxlislarini muntazam xursand qilib kelmoqda. Uning “Koroleva Jana” va “Ataylab ate” qo‘shiqlari hali ham faol tinglanayotgan bir paytda, xonanda yangi duet bilan yana e’tibor markaziga chiqdi.





























Izohlar 0
…