Shahzod Sultonov romantik tarzdagi “Marry Me”si bilan muxlislarini hayron qoldirdi!

Shahzod Sultonov romantik tarzdagi “Marry Me”si bilan muxlislarini hayron qoldirdi!

Mahoratli aktyor Shahzod Sultonov shaxsiy hayotidagi quvonchli voqea bilan muxlislarini xursand qildi. Aktyor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida romantik lahzalar aks etgan surat va videolarni ulashdi.

Kadrlarda Shahzod Sultonov ulkan qizil atirgullar guldastasi hamda ochiq havoda tayyorlangan “Marry Me” yozuvi orqali bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga maxsus syurpriz uyushtirgani ko‘rinadi. Romantik muhitda tashkil etilgan ushbu taklif ko‘plab kuzatuvchilarning e’tiborini tortdi.

Aktyor mazkur lahzalarni ijtimoiy tarmoqlarda ulashgach, muxlislar va yaqinlari izohlarda samimiy tabriklar yo‘llamoqda. Ko‘pchilik juftlikka uzoq umr, baxt va totuv hayot tilagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar