Zarina Yo‘ldosheva va Durdona Qurbonova: sahna ortidagi haqiqiy munosabat

Zarina Yo‘ldosheva va Durdona Qurbonova: sahna ortidagi haqiqiy munosabat

Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva “Navo mehmonda” dasturidagi intervyusida o‘zining shaxsiy hayoti va hamkasblari bilan munosabatlariga oid qiziqarli fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. Suhbat davomida jurnalist undan san’atdagi do‘stlik va raqobat haqida savol berdi. Xususan, “Imronni Durdona Qurbonovasi bo‘lsa, Mirjalol Nematovni Zarinasi bor. Yana Durdona Qurbonova sizning eng yaqin dugonalaringizdan. Oralaringizda raqobat seziladimi?” deya savol yo‘lladi.

Bu savolga Zarina Yo‘ldosheva samimiy va ochiq javob qaytardi. Ularning orasida hech qachon raqobat bo‘lmaganini ta’kidlab, do‘stlikni har doim ishdan ustun qo‘yishlarini aytdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, ular ish jarayonidan tashqarida uchrashganlarida san’at yoki rollar haqida emas, balki shaxsiy hayot, kundalik kechinmalar va o‘zaro sirlar haqida suhbatlashishadi.

Shuningdek, Zarina Durdona bilan ijodiy faoliyat davomida ham hech qanday kelishmovchilik yoki nizo yuzaga kelmaganini alohida qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, sog‘lom muhit va o‘zaro hurmat san’atkorlar o‘rtasidagi munosabatlarda juda muhim bo‘lib, aynan shu omillar ularning do‘stligini yanada mustahkam qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar