date

“MEDICAL CARE SERVICE”ning siri nimada?

“MEDICAL CARE SERVICE”ning siri nimada?

"MEDICAL CARE SERVICE" MChJ Siz azizlarga o‘zining eng zamonaviy hamda keng qamrovli tibbiyot xizmatlarini taklif etadi. Ushbu tibbiyot markazida shirin so‘z, o‘z kasbini sidqidildan sevadigan, dardi bor insonlarga malham bo‘lguvchi malakali oliy toifali fan nomzodlari, tajribali shifokorlar, tajribali tibbiyot xodimlari faoliyat yuritib kelmoqdalar. Kasallikni davolashning eng tezkor va samarali usuli bu - aniq va sifatli tashxis qo‘yish. Shu maqsadda mazkur tibbiyot markazida mijozlarga aniq va sifatli tashxis qo‘yilishi uchun eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalardan foydalangan holda ish yuritib kelinmoqda. Jumladan, birgina qonning o‘zi 3 xilda tahlil qilinadi:
Qonning klinik tahlili;
Qonning bioximik tahlili;
Qonning immunoferment tahlili.
Shuningdek, tibbiyot markazida yuqori saviyali UZD (ultrato‘lqinli tahlil), kardiolog, ginekolog, nevropatolog, endokrinolog vrachlar Sizning xizmatingizda bo‘lishadi. Mijozlar uchun qulaylik yaratish tibbiyot markazi rahbariyatining eng muhim maqsadi hisoblanadi. Shu sababdan barcha bo‘limlarda Sizning dardingizga shifo ato etuvchi olijanob tibbiyot xodimlari ishlashmoqda. Agar mazkur tibbiyot markazi xizmatidan foydalanishni istasangiz Siz quyidagi afzalliklarga ega bo‘lasiz:

1. Pulni tejash. Ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning o‘rtacha narxi an’anaviy tibbiy xizmatlarning bahosidan 20-30 foizga arzonroq.

2. Vaqtni tejash. Sizni vaqtingizni tejashni maqsad qilgan holda barcha xizmatlar tezkorlik asosida bajarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

3. Qulaylik va oddiylik. Barcha tibbiy xizmatlar Siz uchun tushunarli va yoqimli tarzda amalga oshiriladi.

4. Qo‘ng‘iroqli buyurtmalar. Siz vaqtingizni tejash uchun telefon orqali oldindan tegishli mutaxassis qabuliga kirish uchun buyurtma berishingiz mumkin. Buyurtmani rasmiylashtirib, kelishilgan vaqtda mutaxassis qabulida bo‘lasiz.

5. Funksionallik. Ko‘plab malakali va tajribali vrachlarning qo‘shimcha maslahatlarini olasiz.

6. Zamonaviylik. Barcha tibbiy xizmatlar eng zamonaviy asbob-uskunalarda aniq va sifatli amalga oshiriladi.

Aloqa uchun telefon: (+998 71) 228-00-39
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li, Abduraxmonova (Oldingi Sofiyskaya) ko‘chasi, 77 "b" uy.
Orientr: Qorasaroy
E-mail.: medicalcareservice@yandex.com.


UZD (Ultratovushli diagnostika) tekshiruvi


Kardiolog huzurida qabul


Immunoferment tahlil amaliyoti


Bioximik tahlil amaliyoti


Ginekolog huzurida qabul


Klinik tahlil amaliyoti


Reklama huquqi asosida
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » “MEDICAL CARE SERVICE”ning siri nimada?

Ko'p o'qilgan Salomatlik yangiliklari