Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva tug‘ilgan kunida betakror ko‘rinishi bilan e’tibor markazida bo‘ldi!

Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva tug‘ilgan kunida betakror ko‘rinishi bilan e’tibor markazida bo‘ldi!

Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva 2 iyun kuni 26 yoshni qarshiladi. San’atkor tug‘ilgan kunini yaqinlari va do‘stlari davrasida nishonlab, bayramdan lavhalarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ulashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Zarina Yo‘ldosheva tug‘ilgan kunini aktrisa Durdona Qurbonova bilan bir kunda nishonlagan. Bayram tadbiri iliq muhitda o‘tib, mehmonlar san’atkorlarga samimiy tilaklar bildirgan.

Aktrisa bayram oqshomida nafis va go‘zal obrazda ko‘rinish berib, tadbirning haqiqiy malikasiga aylandi. Suratlarda uning ismiga atab tayyorlangan gullar va sovg‘alar ham aks etgan.

Muxlislar va hamkasblari izohlarda Zarina Yo‘ldoshevani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga baxt, sog‘lik va yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar