O‘zbekistonda to‘rt oyda qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarildi?

O‘zbekistonda to‘rt oyda qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarildi?

O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar—aprel oylarida 148 859 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 492 donaga ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur davrda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘lib, uning soni 53 802 donani tashkil etgan. Keyingi o‘rinda 28 352 dona bilan Damas qayd etildi.

Shuningdek, to‘rt oy davomida 14 518 ta Tracker, 12 259 ta Onix, 8 882 ta Kia va 7 011 ta BYD avtomobili ishlab chiqarilgan. BYD ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 2 744 donaga oshgan.

Bundan tashqari, 3 425 ta Haval va 2 572 ta Chery avtomobili ham konveyerdan chiqqan.

Ma’lumot uchun, 2025 yilda mamlakatda jami 457 883 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. “O‘zbekiston–2030” strategiyasiga muvofiq, kelgusi yillarda ushbu ko‘rsatkichni bosqichma-bosqich oshirib, 2030 yilga borib qariyb 1 million donaga yetkazish rejalashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar