Ispaniyaga uchayotgan samalyot “Bomba” nomli Bluetooth sabab ortga qaytdi

Ispaniyaga uchayotgan samalyot “Bomba” nomli Bluetooth sabab ortga qaytdi

AQSHdan Ispaniyaga uchayotgan United Airlines samolyoti kutilmaganda ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Bunga Bluetooth qurilmalar ro‘yxatida “bomb” nomli qurilma paydo bo‘lgani sabab bo‘lgan.

Ekipaj ehtimoliy xavfsizlik tahdidi tufayli samolyotni Nyuark aeroportiga qaytarishga qaror qilgan. Yo‘lovchilardan barcha elektron qurilmalarini o‘chirish so‘ralgan, biroq shubhali nom ro‘yxatda qolishda davom etgan.

Samolyot qo‘ngach, huquq-tartibot organlari va xavfsizlik xizmatlari tekshiruv o‘tkazgan. Ma’lum bo‘lishicha, “bomba” deb nomlangan qurilma aslida 16 yoshli o‘smirga tegishli Fitbit fitnes-bilaguzugi bo‘lgan.

Tekshiruvlardan so‘ng yo‘lovchilar Ispaniyaga o‘sha samolyotda, ammo yangi ekipaj bilan jo‘nab ketgan. Hozircha o‘smirga nisbatan ayblov qo‘yilmagan, holatni FQB o‘rganmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar