Ma’lumki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning nabaviy tibbiyotlariga muvofiq qora sedana bilan bir qatorda zaytun yog‘i ham keng qo‘llaniladi.
Zaytun yog‘ining shunday foydali xususiyatlari borki, ularning ba’zilari haqda shifokorlar endigina ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.
Chili universitetidagi bir guruh tadqiqotchilarning chet ellik hamkasabalari bilan birga aniqlashicha, zaytun yog‘i tarkibidagi gidroksitirozol moddasi inson organizmiga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi.
Shifokorlarning aytishicha, bu modda hayvonot yog‘larini haddan ortiq ko‘p eyishning salbiy ta’sirini kamaytirar ekan.
Zaytun yog‘i kuchli aksioksidant bo‘lib, jigar, yurak va bosh miyani turli zararlardan himoya qiluvchi xususiyatga egadir. Shuning uchun olimlar turli taomlarni tayyorlashda zaytun yog‘idan ko‘proq ishlatishni tavsiya qilmoqda.
Ilgariroq amerikalik olimlar Islom dinidagi ro‘za bilan insonning uzoq umr ko‘rishi orasida uzviy bog‘liqlik borligini aniqlashgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi