Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakat rivojining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan sud-huquq sohasidagi keyingi o‘zgarishlar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Murojaatnomada advokatura institutini yanada rivojlantirishga doir bir qator tashabbuslar ilgari surildi.
Avvalo davlat hisobidan bepul ta’minlanadigan advokatlarni «elektron tanlash» tizimini to‘liq ishga tushirish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur tizimning ahamiyati shundaki, ko‘p hollarda davlat hisobidan yordam ko‘rsatadigan advokat ishda shunchaki «himoyachi roli»ni o‘ynab beradi. Ishda rasmiyatchilik uchun ishtirok etib, davlatdan pulini olib yuraveradi.
Shuning uchun bunday «navbatchi» advokatlar tanish tergovchining bitta chaqirig‘i bilan yetib keladi va ish hujjatlariga qo‘l qo‘yib ketadi. Natijada bir tarafdan shaxsning huquqlari himoya qilinmay qoladi, ikkinchi tarafdan esa davlatning puli bekorga sarf bo‘ladi.
Endilikda odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar taqdim etiladi. Sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachining fikri bilan birga qabul qilinadi.
Ayblov xulosasi, jinoyat ishining yakuniy hujjati bo‘lib, unda asosan ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, uning aybini og‘irlashtiruvchi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Ammo ayblovni yengillashtiruvchi holatlar bo‘yicha alohida hujjat tuzilmaydi. Ayblanuvchining o‘zini himoya qilish uchun keltirgan vajlari va ularni tekshirish natijalari ham ayblov xulosasi ichida keltiriladi. Shu yerda mantiq va adolat buzilyapti. Oqlovga oid ma’lumotlar qanday qilib ayblov xulosasida keltirilishi kerak?
Shu sababli ayblov xulosasi bilan birga, himoyachining oqlovga oid fikrini ham hujjatlashtirib ishni sudga yuborishi ayblov va qoralovning tengligini ta’minlaydi.
Ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo‘yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o‘rganiladigan tizim joriy qilinishi nazarda tutilmoqda. Buning ahamiyati shundaki, ba’zi holatlarda ayblanayotgan shaxs tashqi bosim ostida himoyachidan go‘yoki «o‘z ixtiyoriga» ko‘ra voz kechadi.
Endilikda esa ayblanuvchining himoyachidan nima uchun voz kechayotgani, u o‘z ixtiyori bilan voz kechyaptimi yoki puli yo‘qmi, unga bosim bo‘lganmi, bo‘lmaganmi — bularning barchasi prokuror, sud tomonidan sinchiklab o‘rganiladi.
Bu tashabbuslar bir qator jihatlari bilan sud-huquq tizimida adolatni ta’minlash, sud protsessida tomonlarning teng huquqli ekanligiga kafolat bo‘lish, advokatlar va ularning mijozlarining huquq va erkinliklari izchil yuzaga chiqarilishi uchun tamal toshi vazifasini o‘taydi. Sud ishini yuritishning barcha bosqichlarida tomonlarning tortishuvi prinsipining lozim darajada ishlashini tashkil etishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, prezident tomonidan ilgari surilgan bu tashabbuslar advokatura institutining obro‘sini ko‘tarishga, unga yosh kadrlarni jalb etishga, aholi o‘rtasida advokatlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga yordam berib, fuqarolarimizning joylarda sifatli huquqiy yordam olishlariga xizmat qiladi, turli sarsongarchiliklarga barham beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi