date

Har bir viloyatda yangi “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” ochiladi

Har bir viloyatda yangi “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” ochiladi

O‘zbekistonda yoshlarimizning kasb-hunarli bo‘lib, doimiy daromad olish imkoniyatlari yaratish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” tashkil etish topshirildi. Bu tashabbus, ayniqsa mahallada kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kamaytirishga qaratilgan eng muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Ësh avlodning qo‘l mehnati va kasb malakasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Meni tashvishga solayotgan masala – yoshlarimizni kasb-hunarli qilib, doimiy daromad topishi uchun sharoit yaratish. Agar buni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, mahallada kambag‘al va ishsiz qolmaydi”.

Shu munosabat bilan, Xitoyga davlat rahbari tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi yirik kompaniya rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi va 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirildi. Bu loyihalarning amalga oshirilishi uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab malakali kadrlar kerakligi ta’kidlandi.

Kasbga o‘rgatish jarayonida Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan ustaxona ochilishi va bu markazlarda oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish uchun 100 dan ortiq til egalari va ixtiyoriy volontyorlar taklif etilishi rejalashtirilgan.

Bu tashabbus nafaqat yoshlarning kasbiy salohiyatini oshiradi, balki ularni zamonaviy texnologiya va xalqaro bozor talablariga moslashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Har bir viloyatda yangi “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” ochiladi