10-sentyabrdan 30-sentyabrgacha Sergeli tumanidagi Qumarik ko‘chasida avtomobil va yo‘lovchi harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu tadbir qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshiriladi va 1000 metr uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari yangilanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi Axborot xizmati bu haqda rasmiy xabar bermoqda.
«Veolia Energy Tashkent» ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning 10–30-sentyabr kunlari Sergeli tumanidagi Qumarik ko‘chasida issiqlik tarmoqlarini almashtirish ishlari sababli harakat vaqtincha to‘xtatiladi.
Shu munosabat bilan quyidagi avtobus yo‘nalishlarida harakat yo‘nalishi o‘zgarishi rejalashtirildi:
61-yo‘nalish – A.S. Banokati, G. Aliyev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
106-yo‘nalish – Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
40-yo‘nalish – Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, A.S. Banokati ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
66-yo‘nalish – Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, A.S. Banokati ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
52-yo‘nalish – Lokomotiv ko‘chasi bekati va Toshkent vokzali oralig‘ida.
Yo‘lovchilardan harakat yo‘nalishlaridagi vaqtinchalik o‘zgarishlarni e’tiborga olib, safarlarini oldindan rejalashtirishlari so‘raladi. Bu tadbir shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va issiqlik tizimlarini samarali yangilash maqsadini ko‘zlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!