"Manchester Siti" klubi uzoq kutilgan transferni amalga oshirdi va rasmiy sahifalari orqali italiyalik mashhur posbon Janluiji Donnarummani o‘z safiga qo‘shganini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “shaharliklar” ushbu xarid uchun 30 million yevro sarfladi. Shu bilan birga, Donnarumma bilan 5-yillik shartnoma tuzildi va unda yana bir yilga uzaytirish imkoni ham nazarda tutilgan. Bu kelishuv uning klub bilan uzoq muddatli rejalarini ta’minlab beradi.
Eslatib o‘tamiz, Donnarumma 2021-yilda "Milan"dan erkin agent sifatida Parijning PSJ jamoasiga qo‘shilgandi. Oradan to‘rt yil o‘tib, u fransuz klubini tark etib, yangi chaqiriq sifatida Angliya sobiq chempioni tarkibiga bordi.
26 yoshli posbon o‘tgan mavsum PSJ bilan fantastik natija qayd etdi — Chempionlar ligasi sovriniga erishdi. Biroq, Luis Enrike uni asosiy tarkibda doimiy darvozabon sifatida ko‘rmasligini bildirgandi. Shu paytda “Siti” Ederson bilan xayrlashib, Janluijini jamoaga olib kelish orqali yangi davrni boshladi.
Endi Donnarumma Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa bilan Yevropa futbolida yangi yutuqlarga intilmoqchi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!