“Real” Ibraima Konateni erkin agent sifatida olishga umid qilmoqda

Madridning “Real” klubi 2026-yilda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan fransuz himoyachisi Ibraima Konateni tarkibiga qo‘shib olishga umid qilmoqda. “Liverpul” bilan shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadigan 26 yoshli Konate uni uzaytirish yoki uzaytirmaslik bo‘yicha klubga aniq qarorini bildirmagan. “Real” rahbariyati bu jarayonga shoshilmay yondashmoqda va vaziyatni Trent Aleksandr-Arnold transferi bilan taqqoslamoqda.
Madridning “Real” klubi rahbariyati 2026-yilda faqatgina erkin agent sifatida transfer bozoriga chiqishi mumkin bo‘lgan fransuz himoyachisi Ibraima Konateni o‘z saflariga qo‘shib olish imkoniyatiga ishonmoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri ma’lumot tarqatdi.
Manba xabariga ko‘ra, “Real” rahbarlari ushbu jarayonga hech qanday shoshilmay, xotirjam yondashmoqda. Ular bu masalada Trent Aleksandr-Arnold transferidagi vaziyatni eslatishmoqda. 2024-yil qishida ispan matbuotida turli nashrlar Trentning “Real”ga o‘tishi masalasi oldindan hal qilinganini yozgan edi.
Hozircha esa 26 yoshli Konate “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi haqida aniq qaror bildirmagan. Uning shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi, ammo himoyachi shartnomani uzaytirish-uzaytirmaslik masalasini klubga ma’lum qilmagan.
Ibraima Konate 2021-yil yozida “Leypsig”dan “Liverpul”ga qo‘shilgan edi. Shu vaqt mobaynida u jamoa safida 136 marta maydonga tushib, 5 gol va 4 golli uzatma muallifiga aylandi.
Madridliklar fransuz himoyachisini yaqin kelajakda “Santyago Bernabeu”da ko‘rishdan umidvor.































Izohlar 0
…