date

Donnarumma: “Manchester Siti”dagi eng katta orzuim — Chempionlar ligasi

Donnarumma: “Manchester Siti”dagi eng katta orzuim — Chempionlar ligasi

"Manchester Siti"ning yangi darvozaboni Janluiji Donnarumma yaqinda bergan suhbatida jamoa bilan ko‘zlangan asosiy maqsadni oshkor qildi. Uning fikricha, katta orzu hamisha aniq va yo‘nalishli bo‘lishi shart.

“Biz o‘z oldimizga finalga yetib borish maqsadini qo‘yganmiz. Bu haqda ochiq aytaman va bundan qochmayman. Chempionlar ligasida "Siti" bilan g‘olib chiqish — bu mening eng katta orzuim. Ammo bunga erishish oson emas, barqarorlik, tinimsiz mehnat va har bir bahsda o‘z imkoniyatimizni to‘liq ko‘rsatish zarur”, — deya ta’kidladi italiyalik posbon.

Ma’lumki, 26 yoshli Donnarumma o‘tgan mavsumda PSJ safida Yevropa chempionlar ligasini zabt etgandi. Biroq sentyabr boshida u fransuz klubini tark etib, “Manchester Siti”ga qo‘shildi. Bu transfer uning karyerasida yangi bosqich sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tish joiz, “shaxarliklar” o‘tgan mavsum pley-offning dastlabki bosqichida “Real Madrid”ga mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani erta tark etgan edi. Donnarumma esa endilikda jamoani yangi cho‘qqilarga olib chiqish uchun asosiy figuralardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Donnarumma: “Manchester Siti”dagi eng katta orzuim — Chempionlar ligasi