2024 yil 1 iyul holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 million 134 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi (pdf) hisobot berdi.
Qayd qilinishicha, aholining 18 million 696 ming nafari erkaklar, 18 million 437 ming nafari ayollardir. Mamlakatning shahar aholisi soni 18,9 million kishini, qishloqlar aholisi 18,2 million kishini tashkil etadi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 28,5 yilga teng. Taqqoslash uchun, 2014 yilda aholi o‘rtacha yoshi 27,3 yil edi.
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar umumiy aholi sonining 56,4 foiziga teng. Shu bilan birga, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 32 foiz, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 11,6 foiz.
Doimiy aholi sonining eng ko‘pi Samarqand viloyatida qayd etilgan – 4 million 249 ming nafar. Bu butun O‘zbekiston aholisining 11,4 foizi degani. Shuningdek, Farg‘ona (4,1 million kishi), Qashqadaryo (3,6 million kishi), Andijon (3,4 million kishi) va Namangan (3,1 million kishi) viloyatlarida nisbatan ko‘p aholi istiqomat qiladi.
Doimiy aholi sonining ulushi eng kam hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib, u yerda 922,1 ming kishi yashamoqda. Navoiy (1,1 million kishi), Jizzax (1,5 million kishi), Xorazm (2 million kishi) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (2 million kishi) nisbatan kam aholi istiqomat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi