15:11 / 14.09.2024
43

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 16-18 sentyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 sentyabrda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 17-18 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16 sentyabrda +12...+17 daraja, 17-18 sentyabrda +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 sentyabrda kechki tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 17 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 18 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 16 sentyabrda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja, 17-18 sentyabrda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 sentyabrda Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida biroz . qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi 16 sentyabrda +27...+32 daraja, 17-18 sentyabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16-17 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, 17 sentyabrda baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 18 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-17 sentyabrda +9...+14 daraja, 18 sentyabrda +6...+11 daraja, kunduzi 16 va 18 sentyabrda +18...+23 daraja, 17 sentyabrda +12...+17 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi