2016 yil. Navro‘z shodiyonasi tayyorgarlik jarayoni.
…Shum boladan boshlaymiz…Qani chanqovuz? Tezroq chiq…Gulduros qarsak…1-sektor raqsga, 2-sektor jonli-jonli o‘yna…To‘xta!…Orkestr defeledan keyin chiqadi. Kashta chiq! Endi o‘yinga…Bor vujuding bilan o‘yna…Musaffo osmon va farzandlaring baxti uchun, farovon hayoting uchun o‘yna. Chin yurakdan kuyla. Yurtboshingga qarab kuyla.
Ketdik: “Sen nurli chamanim, jon O‘zbekiston!”
Qish ostonasi noyabrda bevosita o‘zimiz guvohi bo‘lgan, millat otasi bilan nishonlagan Navro‘z shodiyonasi ta’assurotlarini sizga ilindik. Nima qilaylik, bo‘zchi mokida borini to‘qiydida. Har xolda biz uchun diydor endi shirin xotiralarda qoldi. Maqsadimiz qalblarimiz shukronalik va vatanimiz oldidagi mas’uliyat hissi yana kuchaysin.
“Men hech narsadan qo‘rqmayman. Biz hayotimizni shunday relsga qo‘yamizki, u yo‘lning o‘z manzili bor. Bu manzil ozodlik, farovonlik va barqaror yashash”-deya farovonligimiz asoschisining karvoni bugun og‘ishmasdan o‘zbek xalqini o‘sha nurli manzillar sari olib borayotganini his etsin.
Sizga bir taklifnoma ilindik. Qanaqa taklifnoma deysizmi? U shunday taklifnomaki, muqaddimasida ushbu so‘zlar bitilgan. “Navro‘zi olam muborak. Sizni 2016 yil 21 mart kuni soat 11.00da Alisher Navoiy majmuasida o‘tadigan Navro‘z sayliga taklif etamiz”.
Bu nima degani? Bu ulug‘ inson, tinchligimiz va farovonligimiz kafili, millat otasi Islom Abdug‘anievich Karimovdek tarixiy shaxsning so‘nggi tilaklari va shodiyonasiga guvoh bo‘lasan degani!
Bu nima degani? Bu bir haftalik raqs, qarsak chalish, 1-sektor o‘tir, 2-sektor o‘yinga degan bayram rejissiyorining tayyorgarligi bir jahon-u, 21-mart muhtaram yurtboshi bilan bayram qilish bir jahon degani?
Bu nima degani? Bu 2050 yilda nabiramiz “Bobojon, mustaqil O‘zbekistonning buyuk me’morini shaxsan ko‘rganmisiz”-deganda chuqur nafas olgancha, ko‘zingda sog‘inch yoshlari miltillaydi degani!
Bu nima degani? Erga tushgan ma’ruza matnini ohista erdan olib stul ustiga qo‘yishini ko‘rib: «Men Islom Karimov bilan oxirgi marta 2004 yilning avgustida ko‘rishgandim, o‘shanda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimini tark etib, vatanimga yo‘l olayotgandim. Shu munosabat bilan prezident qarorgohida rasmiy tadbir o‘tayotgandi, men Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ioriko Kavaguti xonimga muzokaralarda hamrohlik qilgandim. O‘shanda bir voqea yodimda qolgan: Yaponiya delegasiyasi uchrashuvni yakunlab, O‘zbekiston rahbari bilan xayrlashayotganda bexosdan qo‘limdagi qog‘oz tushib ketdi. Bundan xijolat bo‘lib, endi qog‘ozni ko‘tarmoqchi bo‘lganimda G‘arbda «shafqatsiz mustabid» deb ataluvchi prezident Karimovning o‘zi engashib qog‘ozni oldi-da, jimgina menga uzatdi. Nahotki, diktator elchi oldida ana shunday qilsa?! Men uning olijanobligini his qilgandim va hech qachon u haqida yomon gapirmaslikka ont ichdim», — degan sobiq yapon elchisi Akio Kavatoning haqiqatini bugun anglaysan degani.
Bu nima degani? Xalqini sevganidan birma-bir maydon uzra ko‘rishgancha favqulodda yana orqaga qaytib xalqiga tomon talpingani, millatini sevishi, ardoqlashini baralla aytgani, ikki qo‘lini tepaga ko‘targancha ona yurtiga tinchlik va omonlik tilayotgan so‘nggi tarixiy lavhalarni ko‘rganingda “Ey Alloh, tushimmi yo o‘ngimmi. Televizor ko‘rmayapmanmi ishqilib”-degan xayol tafakkuringda charx uradi degani!
Bu nima degani? farzandlarimiz kelajagi uchun abadiyat imoratini tiklashga o‘zidan kechgan, bugun yonimizdan o‘tib ketgan mangulikni ko‘rib qol degani!
Favqulodda maydonda jimlik. Inson ongi idrok etishga ojiz jimjitlik. Ko‘zlarida sevinch yoshlari-yu, hayajondan titrayotgan vujudlar. Chanqayotgan yo‘lovchidek yutunayotgan tomoqlar. O‘z-o‘zidan chalkashib ketadigan fikrlar. Maydonga kirishimiz bilan takrorladik: “Iltimos, meni bir chimchilab qo‘ying. Tushimmasmi bu ishqilib?. Nahotki men yurt otasini ko‘raman. Televizordan emas, shu maydonda ko‘raman. Ona yurtiga sadoqati va mehri ramzi sifatida xalqi bilan raqsga tushayotgan, mehnatkash o‘zbek xalqiga ta’zim qilayotgan yurtboshini ko‘raman”
Xalq ushbu so‘zdan sergaklandi: “Tabrik uchun so‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovga beriladi.”
O‘sha kuni hatto o‘n besh yildan beri Navro‘z tantanasida ishtirok etib, o‘zlaricha “ko‘pni ko‘rgan” tomoshabinlar ham hayajonini yashirolmay saylda olgan sumalagi ham tomog‘ida tiqilib qoldi. Shunchaki ushbu so‘zlarni ayta oldi xolos. “Xudo haqqi, biror yil Navro‘z bayrami bunaqangi fayzli va ko‘tarinki o‘tmagan. Yurtboshi biror marta bugunchalik xalqiga o‘z mehrini baralla aytmagan. Bunchalik xalqiga ko‘p ta’zim qilmagan. Bunchalik ko‘p xalqi bilan raqs tushmagan. Bayram protokolga zid ravishda maydonni aylangach yana orqasiga qarab, yana xalqi tomon talpinmagan”.
Ichimdan bir nima uzilgandek bo‘ldi. Ko‘zimda yosh, ammo jilmayaman. Bu zot xalqiga qanchalik suyanib qolganligi-yu, o‘zim ham bu insonga bog‘lanib qolganimni his eta boshlayman”.
Nadomatki, bu g‘animat bir lahza ekan. Chopayotgan kiyik soyasida bir fursat taskin topishdek vaqt ekan. Millat otasining o‘sha siz-u biz sog‘ingan jarangdor ovozlari aslida bayram shodiyonasida ona xalqiga so‘nggi vasiyatlari ekan.
Bu vasiyatdan nega Kuba O‘zbekiston dardiga sherik bo‘lgani, o‘zi Xitoyda ammo prezidentning shaxsiy topshirig‘i bo‘yicha Rossiya bosh vazirining ulug‘ yurtboshimiz janozasiga kelib davlat boshqaruvi o‘ta qaltis tavakkalga yo‘l qo‘yganini idrok etamiz. Nega qaltis bo‘lmasin, axir prezident xorij safariga ketganda mamlakatning xavfsizligiga mas’ul Bosh vazir bo‘ladiku? O‘sha kuni mamlakatda na prezident bor, na Bosh vazir bor? Qardosh qo‘shni davlatlarda u zotning nomiga qo‘yilayotgan ko‘cha-xiyobonlarning asl mohiyati-yu, dunyo siyosati u insonning cho‘rtkesar ammo dangal gaplarining nega sog‘inayotganini his etgandek bo‘lamiz.
Mana o‘sha vasiyat…
…Shu borada bir faraz qilaylik: Agarki, bugungi kunda xalqaro maydonda tobora avjiga chiqayotgan keskinlashuv, mojaro va qarama-qarshiliklarni, hali-beri davom etayotgan qon to‘kilishining oldini olish, paydo bo‘layotgan muammolarni faqatgina tinchlik va siyosiy muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga qaytsak, xalqimiz iborasi bilan aytganda, olam guliston bo‘lardi.
Ishonchim komil, agarki shu kunlarda ko‘pni ko‘rgan, qancha-qancha sinovlarni boshidan kechirgan, yaxshilik va ezgulikni doimo yuragining to‘rida saqlab kelayotgan, mehr-oqibatli xalqimizdan, sharqona yangi yil kirib kelishi arafasida turib, yangi yilda sizning eng ezgu niyatlaringiz nimalardan iborat, deb so‘rasa, xalqimiz, hech ikkilanmasdan “Bizga tinchlik va omonlik kerak”-deb javob berishi muqarrar.
Xulosa barchamizga omonat.
Jonibek Shuhratov
Manba:diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»