Arsenal soʻnggi chempionlik mavsumidan yaxshiroq oʻynayapti

Arsenal soʻnggi chempionlik mavsumidan yaxshiroq oʻynayapti

Arsenal soʻnggi chempionlik mavsumidan yaxshiroq oʻynayapti
Londonning "Arsenal" jamoasi Premer-liganing dastlabki oʻnta turidan soʻng turnir jadvalida ishonchli yetakchilik qilmoqda. Mikel Arteta boshqaruvida "kanonirlar" 25 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi, bu esa eng yaqin taʼqibchi hisoblangan "Manchester Siti"dan olti ochkoga koʻpdir.

Eʼtiborlisi, "Arsenal" oʻzining soʻnggi chempionlik mavsumi boʻlgan 2003/04-yilgi Premer-liga mavsumida ham dastlabki oʻnta turda 24 ochko jamgʻargan edi. Oʻsha mavsum yakunida londonliklar 90 ochko bilan birinchi oʻrinni egallab, magʻlubiyatsiz chempionlikka erishgan edi.

8-noyabr kuni "Arsenal" safarda "Sanderlend"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Bunga qadar esa poytaxt jamoasi Chempionlar ligasi doirasida "Slaviya" bilan uchrashadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar