date

Kostich "Kremoneze" darvozasiga urgan goli haqida


“Yuventus”ning chap qanot yarim himoyachisi Filip Kostich “Kremoneze” darvozasiga urgan goli (2:1) bo‘yicha fikr bildirdi. U jamoaning g‘alabasidan mamnun ekanini aytdi.

"Hissiyotlar juda ajoyib, gol urganimdan xursandman, lekin yana ham quvonarlisi, biz g‘alaba qozondik. Bu juda og‘ir davr edi.

Oxirgi ikki o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushganimdan va bugun mening tug‘ilgan kunim, shuningdek, “Yuventus”ning ham tug‘ilgan kuni ekanidan baxtiyorman. Bu ajoyib bir kun", – dedi serbiyalik futbolchi Sky Sport Italia nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Kostich Italiya A Seriyasida oxirgi marta 2023 yilning mart oyida gol urgan edi. Uning faoliyatidagi so‘nggi goli esa 2025 yilning fevral oyida, “Fenerbaxche”da ijarada o‘ynab yurgan vaqtda qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kostich "Kremoneze" darvozasiga urgan goli haqida